<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Tunlar bedor, yolgʻizman Sensiz
 Qalbimda orom yoʻq, ojizman Sensiz
 // Yolvoraman Rabbim, menga rahming kelsin
 Azoblarimdan meni ozod qilgin //

[V2]
 Sensiz kimman, loymanu-kulman
 Vujud guvoh, gunohga qulman
 // Tavba qildim, poklagin ruhim
 Xudovandim, Najotkor Rabbim //

[V3]
 Har tomonda shubha-gumonlar
 Aldovlar va igʻvo-yolgʻonlar
 // Sherik boʻldim nodon fosiqqa
 Shayton ildi nafsim tuzoqqa //

[V4]
 Yordam bergin shafqatli Xudo
 Qoʻling uzat boʻldimku ado
 // Hammasidan charchadi jonim
 Tilka-pora boʻldi vijdonim //

[V5]
 Sensiz kimman, loymanu-kulman
 Vujud guvoh, gunohga qulman
 Tavba qildim, poklagin ruhim
 Xudovandim, Najotkor Rabbim</lyrics>
<title>Tunlar bedor</title>
</song>